Rag‘batlantirish dasturi

3-oktabr kuni Olimpiya shaharchasi hududida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasining rag‘batlantirish dasturi doirasida navbatdagi normativ topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 94 nafar sportchi ishtirok etdi.
Yosh triatlonchilar o‘z kuchlarini ikki yo‘nalishda sinovdan o‘tkazdilar:
Yugurish – 200 metrdan 2500 metrgacha bo‘lgan masofalar.
Suzish – 50 metrdan 500 metrgacha bo‘lgan masofalar.

Barcha ishtirokchilar, murabbiylar va ota-onalarga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va sportchilarga yangi zafarlar hamda yuqori natijalar tilaymiz.

Natijalar ushbu kanalda e’lon qilinadi.

Navbatdagi tadbir 2026-yil 6-dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Anonim murojaat
Перейти в ТГ