CHALLENGE SAMARKAND 2026 qanday o‘tdi

12 va 13 sentyabr kunlari Samarqand to‘rtinchi bor butun dunyodan triatlonchilarni o‘ziga jalb qilgan markazga aylandi. Challenge Samarkand Markaziy Osiyoning qoq markazida 40 dan ortiq mamlakatdan 1400 nafardan ziyod sportchini birlashtirdi.

Musobaqa ortida yuzlab ko‘ngillilar, xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan o‘nlab tashkilot va idoralar, World Triathlon Level 1 sertifikatiga ega 60 ga yaqin hakam hamda mahalliy tashkilotchilar jamoasi va O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi turdi.

Dastur
-PRO atletlarning Middle masofasidagi ishtiroki
-Havaskorlarning Sprint va Middle masofalaridagi startlari
-Bolalar va ayollar yugurish musobaqalari
-O‘zbekiston ochiq triatlon chempionati

Masofalar:
Middle: 1,9 km suzish, 88 km velosiped, 21,5 km yugurish
Sprint: 750 m suzish, 19 km velosiped, 5 km yugurish
 
PRO g‘oliblari
 
Erkaklar:
🥇 Sam Laidlow (Fransiya)
🥈 Emil Holm (Daniya)
🥉 Will Draper (Buyuk Britaniya)
Ayollar:
🥇 Natalie van Coevorden (Avstraliya)
🥈 Daisy Davies (Buyuk Britaniya)
🥉 Sara Pérez Sala (Ispaniya)

Kamran Xodjayevning debyuti
🇺🇿
PRO toifasida Middle masofasida ilk bor Kamran Xodjayev ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh va istiqbolli sportchisi uchun bu mazkur masofadagi ilk start bo‘ldi. Uy sharoitidagi musobaqada Kamran ajoyib natija qayd etdi. Ajoyib boshlanish!

O‘zbekiston triatlon chempionati
Elit, erkaklar
🥇 Kamran Xodjayev
🥈 Muhammad Yusuf Abduxalilov
🥉 Sulton Aliyev
 
Elit, ayollar
🥇 Dayana Lukiyenko
🥈 Dilnura Xolniyozova
🥉 Shahribonu Absalimova

Ishtirokchilarning taassurotlari
Sportchilar musobaqaning yuqori darajada tashkil etilgani, Samarqandning barcha go‘zal maskanlarini qamrab olgan noyob yo‘nalish, mehmondo‘stlik va qadimiy shaharning betakror go‘zalligini alohida ta’kidladilar.
Musobaqa eng yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar va mehmonlar qalbida yorqin taassurot qoldirdi. Ko‘plab sportchilar O‘zbekistonga yana qaytishni rejalashtirmoqda. Samarqand esa 2027 yil 21–22 avgust kunlari Challenge Samarkand ishtirokchilari uchun yana o‘z eshiklarini ochadi. Sizni
kutamiz! 🔥

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Anonim murojaat
Перейти в ТГ