- Uy
- Yangiliklar
- Samarqand World Triathlon Championship Series musobaqasini qabul qiladi: butun dunyo nigohi bizda!
2026 yil 25–26 aprel kunlarida Samarqand World Triathlon Championship Series (WTCS) bosqichini tashkil etadi. Shu bosqichda jahon chempionati uchun raqobatlashayotgan eng yaxshi triatlonchilar ishtirok etadi. Bunday miqyosdagi musobaqa nafaqat O‘zbekiston sporti uchun ahamiyatga molik, balki mamlakatimizni xalqaro sport haritasida oshkor qilish imkonini beradi. WTCS Samarqand tayyor bo‘lib, sportchilarga zamonaviy trassa hamda tomoshabolarga xavfsiz tomosha imkoniyati taklif qilinadi.
2026 yil 25–26 aprel kunlari Samarqand jahon triatlon taqvimining eng muhim nuqtalaridan biriga aylanadi. Bu yerda World Triathlon Championship Series Samarkand bosqichi o‘tkaziladi — dunyoning eng kuchli triatlonchilari ishtirok etadigan va butun jahon triatlon jamoatchiligi e’tiborini tortadigan musobaqa!
O‘zbekiston uchun bu shunchaki seriya bosqichi emas. Bu — maqom, mas’uliyat va o‘z yurtimizda yaratilayotgan katta sport tarixi 🫶🏻
Albatta, joy tanlovi o‘ziyoq hammasini aytib turibdi:
Samarqand — ming yillik tarixga ega shahar bo‘lib, undagi har bir makon ma’no va ruhga boy. Aynan shu yerda jahon sporti me’morchilik, madaniyat va boshqa hech qayerda uchramaydigan muhit bilan uyg‘unlashadi.
Alohida e’tibor musobaqa trassasiga qaratilgan:
Musobaqa jahon darajasidagi startlar uchun juda mos bo‘lgan zamonaviy va keng hududda bo‘lib o‘tadi. Trassaning ixcham sxemasi tomoshabinlarga poyganing eng muhim lahzalarini yaqin masofadan kuzatish, sportchilarga esa butun masofa davomida yuqori sur’atni saqlab qolish imkonini beradi.
Silk Road Samarkand qulay infratuzilma, ochiq maydonlar va yuqori vizual tomoshaboplikni o‘zida mujassam etib, Samarqanddagi WTCS bosqichini nafaqat muhim sport musobaqasi, balki shahar va mamlakatimiz uchun yirik xalqaro voqeaga aylantiradi.
Bahorgi ob-havo sharoitlari ideal muvozanatni yaratadi: tezlikni namoyish etish mumkin, biroq kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash juda muhim. Aynan shunday startlarni sportchilar ham, muxlislar ham yaxshi ko‘rishadi.
Samarqand trassasida bizni: World Triathlon jahon reytingi yetakchilari, Olimpiya o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari, Ushbu bosqichni mavsum davomida ochkolar va reytingdagi o‘rinlar uchun muhim deb biladigan sportchilar kutmoqda
Bu yerda har bir soniya muhim, har bir xató qimmatga tushishi mumkin.
World Triathlon Championship Series ning Samarqand bosqichi O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi tomonidan tashkil etiladi — bu biz qabul qilayotgan start! Bu O‘zbekiston qabul qilayotgan poyga!
Bunday miqyosdagi musobaqani tashkil etish biz uchun Jahon Triatlon (World Triathlon) ishonchining tasdig‘i, xalqaro darajadagi startlarni o‘tkazish salohiyatimizni namoyish etish va, albatta, mamlakatimiz hamda mintaqada triatlon rivojiga qo‘shilayotgan muhim hissadir. Bu start nafaqat bugun, balki O‘zbekistondagi sport kelajagi uchun ham xizmat qiladi.
WTCS Samarqand — bu jahon sportining yurtimizga kirib kelishi, yosh sportchilar uchun kuchli ilhom manbai, havaskor va professional triatlon rivoji uchun yangi sur’at hamda O‘zbekistonning global sport maydonida yanada ishonchli va baland ovoz bilan namoyon bo‘lishiga xizmat qiladigan muhim qadamdir
Samarqand tayyor. Biz ham tayyormiz!