- Uy
- Yangiliklar
- YANGLI LIGA - mutlaqo yangi poyga formati!
2024-yilda O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi mamlakat uchun jahon Superligasidan ruhlangan holatda o‘ziga xos musobaqa formatini- Yangi Ligani taqdim etdi.
Tadbir “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u shunday darajadagi poygalar uchun idealdir: suzish, velosport va yugurish bosqichlari imkon qadar bir-biriga yaqin joylashgani musobaqaning jo‘shqin va tomoshabinlar uchun qulayligini ta’minlaydi.
Musobaqa formati 9 bosqichni uzluksiz yengib o'tishidir:
- suzish - 300 m,
-velosiped - 3 km,
-yugurish - 1 km.
Ketma-ket uchta aylanish va faqat eng tez va eng chidamlilar marraga yetadi!
G‘oliblar umumjamoa hisobida aniqlanadi va sovrinli futbolkalar bilan taqdirlanadilar – bu ularning so‘zsiz g‘alaba ramzidir.
Yangi Liga - bu tez, ko’ngilochar va maksimal ishtrok demakdir. Sportchilar o'z chegaralarini sinab ko'rishlari, eng yaxshi natija uchun kurashishlari yoki yangi his-tuyg'ular va bebaho tajriba uchun masofani bosib o'tishlari mumkin.
