- Uy
- Tadbirlar taqvimi
- CHALLENGE SAMARKAND
- CHALLENGE SAMARKAND
Challenge Samarkand — bu shunchaki triatlon poygasi emas. Bu butun oila uchun mo‘ljallangan yirik sport festivali bo‘lib, unda triatlonning O’rta (Middle Distance) va Sprint masofalari, Women’s Run ayollar yugurishi va Kids Run bolalar yugurishi, shuningdek, keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur — kuchli sportchilar ishtirokidagi matbuot anjumani, kutib olish kechasi, turli ko‘rgazmalar va EXPO, yuqori kayfiyat va energiya, shuningdek, poyganing barcha mehmonlari uchun an’anaviy palov dasturxonini o‘z ichiga oladi.
Tadbir masofalari
Middle Distance va Sprint Distance — triatlon
Middle Distance masofasida ishtirok etuvchi sportchilar:
• 1,9 km suzish;
• 88 km velosiped;
• 21,5 km yugurish bosqichlarini bosib o‘tadilar.
Sprint Distance masofasida ishtirok etuvchi sportchilar:
• 750 m suzish;
• 19 km velosiped;
• 5 km yugurish bosqichlarini bosib o‘tadilar.
Suzish bosqichi dunyodagi eng yirik eshkak eshish kanallaridan birida o‘tkaziladi. Kanal eng toza, oqib turuvchi tog‘ suvi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, sportchilar uchun poyganing ajoyib boshlanishini ta’minlaydi.
Middle Distance velosiped bosqichi poyganing eng yorqin jihatlaridan biridir. «Silk Road Samarkand» turistik majmuasidan boshlanadigan marshrut sportchilarni haqiqiy vaqt sayohatiga olib boradi. Ular qadimiy me’morchilikning eng muhim tarixiy yodgorliklari yonidan o‘tib, bir vaqtning o‘zida ularning zamonaviylik bilan uyg‘unlashuvini kuzatadilar.
Sprint Distance ishtirokchilari esa «Silk Road Samarkand» majmuasining go‘zal manzaralaridan — zamonaviy mehmonxonalar va «Boqiy shahar»dan bahramand bo‘ladilar.
Yugurish bosqichi zamonaviy «Silk Road Samarkand» turistik majmuasi hududida o‘tkazilib, eshkak eshish kanalini aylanib o‘tadi hamda majmuaning o‘ziga xos qismi — zamonaviy sharoitda qadimiy muhitni qayta yaratgan «Boqiy shahar» hududidan ham o‘tadi.
Ayollar yugurishi — Women’s Run
Challenge Samarkand — bu nafaqat triatlon, balki yugurish hamdir!
Festival doirasida Women’s Run — qizlar va ayollar uchun yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Bu shunchaki startga chiqish emas, balki katta sport tadbiri muhitini his qilish imkoniyatidir.
Dugonalaringiz va hamfikrlaringiz bilan birga yuguring, bir-biringizga energiya ulashing, yangi insonlar bilan tanishing, yangi do‘stlar orttiring va yangi maqsadlar sari ilhomlaning.
Bu yerda har bir ishtirokchi katta sport harakatining bir qismidir!
Bolalar yugurishi — Kids Run
Katta g‘alabalar kichik qadamlardan boshlanadi!
Kids Run — yosh sportchilar uchun haqiqiy musobaqada o‘z kuchlarini sinab ko‘rish, bellashuv hayajonini his qilish va katta sport festivalining bir qismiga aylanish imkoniyatidir.
Yorqin taassurotlar, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi, finish chizig‘i va munosib medal — bularning barchasi ushbu kunni uzoq vaqt esda qolarli qiladi.
Ushbu yugurishda qatnashayotgan har bir yosh sportchi — Chempion!
RO‘YXATDAN O‘TISH