Paratriatlon O‘zbekiston uchun muhim yo‘nalishdir!

Paratriatlon sportni hamma uchun ochiq qiladi va alohida ehtiyojli sportchilar uchun teng imkoniyatlar yaratadi. Uning rivojlanishi inklyuziv muhit yaratadi, yangi sportchilarni ilhomlantiradi va faol hayot tarzini ommalashtiradi. Paratriatlonni qo‘llab-quvvatlash yanada ochiq va adolatli jamiyat sari qadamdir.


So'nggi bir necha yil ichida Triatlon federatsiyasi mamlakatda paratriatlonni rivojlantirish bo'yicha ko'plab tashabbuslarni amalga oshirdi, jumladan:

  • 2023-yilning 10-11-iyun kunlari ilk bor paratriatlon bo‘yicha Osiyo chempionati tashkil etilib, unda O‘zbekistondan 5 nafar sportchi ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
  • O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun paratriatlon bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tuzildi.
  • Paratriatlon bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun toifani belgilovchi tasnifdan o‘tishdi.
  • Paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda “2024 Bishkek Asia Triathlon – World Triatlon Para-Development Camp” rivojlanish lageriga 8 nafar para-sportchi va 3 nafar murabbiyni yuborish ishlari olib borildi.
  • Terma jamoa tarkibida 2028 yilgi Paralimpiya o'yinlarida medallar qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lgan istiqbolli para-sportchilar bor.


Shuningdek, 2025-yil 6-fevral kuni Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlarini tayyorlash markazi hududida sportchilar – para-sportchilar uchun o‘quv kursi o‘tkazildi va unda xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha murabbiylar bilan kelgusida ishlash bo‘yicha oraliq natijalar qayd etildi.

 

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin